Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ronaldudan navbatdagi gol

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Bellashuv oʻz nihoyasiga yetdi

Saudiya Pro-ligasining 21-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
"An-Nasr" safarda "Al-Fateh" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochib, faoliyatidagi 962-golni kiritdi. 78-daqiqada esa Ayman Yahya Salem jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "An-Nasr" ushbu bahsdan so‘ng ochkolar sonini 52 taga yetkazib olib, 2-o‘ringa qaytib oldi. 1-o‘rindagi "Al-Hilol" hisobida esa 53 ochko mavjud.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q