Saudiya Pro ligasi. Ronalduni penalti­ni golga aylantira olmagan bahsda "An-Nasr" g‘alaba qozondi

  • 01.03.2026 02:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Pro ligasining 24-turida "Al-Fayha" o‘z uyida "An-Nasr"ni qabul qildi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab, mehmonlar futbolchisi Abdulelah Al-Amri birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 72-daqiqada Sadio Mane hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada esa "Al-Fayha" a’zosi Orlando Mosquera avtogol muallifiga aylandi.

85-daqiqada Abdulloh Al-Hamdan ham o‘z nomini tabloda yozdirib, nasrliklarning g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Shu tariqa, Jorje Jezush shogirdlari ochkolar sonini 61 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

  • Saudiya Arabistoni - Pro Liga
  • Joriy Mavsum
17724.png

Al-Fayha

  • Abdulelah Al-Amri 45'
Tugadi
1 : 3

01.03.2026 00:00

2506.png

An Nasr

  • Sadio Mané 72'
  • Orlando Mosquera 80'
  • Abdullah Al-Hamdan 85'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!