Saudiya Pro ligasi. Ronalduni to‘purarlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda?

  • 04.04.2026 03:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatdan qaytganiidan so‘ng ilk o‘yinida dubl qayd etdi. U “An-Najma”ga qarshi bahsda 56 va 73-daqiqalarda gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Saudiya chempionatida 23 ta o‘yinda 23 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Hozirda u to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. Ronaldu yetakchi Ayven Touni (“Al-Ahli”)dan 3 ta, hamda Xulian Kinyones (“Al-Qodisiy”)dan 1 ta golga orqada qolmoqda.

Ma’lumot uchun, forvard faoliyatida davomida 967 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!