Asosiy mazmunga oʻtish

Saudiyadan zerikkan yulduz yana Angliyaga qaytmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U katta sovrinlarni so‘ngan

Ilgari “Liverpul” va “Nyukasl” klublari sharafini himoya qilgan niderlandiyalik yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum yana Angliya Premyer-ligasiga qaytishni istamoqda.

Ushbu mavsum oxirida uning “Al-Ittifoq” bilan shartnomasi tugaydi, biroq 35 yoshli niderlandiyalik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.

Bundan tashqari, Veynaldum o‘zini hali ham Premyer-ligada o‘ynashga munosib, deb hisoblamoqda va aynan shu liga uning asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.

Faoliyati davomida u “Liverpul”da katta natijalarni qo‘lga kiritgan. Mersisaydliklar tarkibida 5 mavsum mobaynida 237 ta o‘yin o‘tkazib, Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, 2021 yil yozida esa erkin agent sifatida PSJga o‘tgan.

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubida Veynaldum so‘nggi uch mavsumni o‘tkazdi. Hozircha, Professional ligada 14 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q