
Saul Alvares hamda Kallum Smit noodatiy joyda to‘qnash kelishdi
19 dekabr kuni AQShning San-Antonio shahrida katta va nufuzli professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechaning markaziy jangida ikkinchi o‘rta vazn (7,2 kg) toifasida WBA chempionlik kamari uchun Saul Alvares (53-2-2, 36 KO) hamda Kallum Smit (27-0, 19 KO) o‘zaro to‘qnash keladi.
Mazkur jang avvalida o‘ziga xos tadbirlar - bir necha bor o‘tkaziladigan ko‘z urishtirish marosimlari, matbuot anjumanlari o‘tkaziladi. Aynan shunday tadbirlardan dastlabkisi uyushtirildi. Qiziqarli jihati, ushbu uchrashuv mehmonxonaning tomida bo‘ladi.
Quyida ushbu jarayondan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar