Saul Alvares: "Men Edgar Berlangani engib bo‘ldim"
EU o‘ziga juda ishonmoqda.
Super o‘rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni Saul "Kanelo" Alvares Edgar Berlangani mag‘lub etishiga to‘liq ishonmoqda.
“Edgarning imkoniyati yo‘q. Mening tajribam, aql-zakovatim, boksdagi qobiliyatlarim unikidan ikki baravar yuqori, men har jihatdan yaxshiroqman. Bemalol aytishim mumkin, men 14 sentyabrdagi jangda g‘alaba qozonib bo‘ldim. Berlangani kuzatdim. U xuddi mening uslubimni ko‘chirmoqchi bo‘lgan, dastlab, raqibning qo‘liga zarba beradi, keyin esa navbatdagi raundlarda hujumlarini bosh qismiga o‘tkaza boshlaydi. Bu ajoyib usul, lekin men bilan ishlamaydi", - deya Alvaresning so‘zlarini keltirdi BoxingNews24.
Eslatib o‘tamiz, Alvares(61-2-2, 39 KO) va Berlanga(22-0, 17 KO) o‘rtasidagi jang 14 sentabr kuni Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadi


Izohlar (0)