Sebalos Ispaniya terma jamoasi safida jarohat oldi

  • 8 oktabr, 2019, 23:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos bugun Ispaniya terma jamoasining mashg‘ulotlarida to‘liq ishtirok eta olmadi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli futbolchi mushaklaridagi kichik jarohat sabab mashg‘ulotlarni muddatidan avval yakunlagan. Uning o‘rnini Dani Olmo egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi  Evro-2020 saralashi doirasida Norvegiya (12 oktyabr) va Shvetsiya (15 oktyabr) bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!