Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Senegal "CAS"ga murojaat qiladi: final natijasi bo‘yicha bahs davom etadi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Kuraш davom etadi

Senegal futbol federatsiyasi Afrika Kubogi-2026 finali bo‘yicha qaror ustidan Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda federatsiya ushbu qarorni "adolatsiz" deb atab, "Senegal futbolining huquqlarini barcha qonuniy yo‘llar bilan himoya qilish" niyatida ekanini ta’kidladi.

Avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi Marokash apellyatsiyasini qanoatlantirib, Senegal milliy terma jamoasiga finalda 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozgan va Marokash milliy terma jamoasini g‘olib deb e’lon qilgan edi.

Bu qarorga 98-daqiqada Braim Diasga qarshi qoidabuzarlik uchun belgilangan penaltiidan keyin senegalliklarning maydonni tark etgani sabab bo‘lgan.

Uchrashuv 13 daqiqalik tanaffusdan so‘ng davom etgan, Braim penalti­ni golga aylantira olmagan va bahs Senegalning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q