Senegalning Afrika millatlar kubogi finalidagi natijasi bekor qilindi

  • 18.03.2026 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) rasmiy saytida Senegal milliy terma jamoasiga Marokash bilan bo‘lgan Afrika millatlar kubogi finalidagi uchrashuv uchun texnik mag‘lubiyat yozilganini e’lon qildi.

2026 yilning 18 yanvarida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida senegalliklar musobaqa mezboni bo‘lgan marokashliklarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

- Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) Apellyatsiya kengashi Afrika millatlar kubogi reglamentining 84-moddasiga muvofiq, Senegal milliy terma jamoasi 2025 yildgi Afrika millatlar kubogi finalida Marokashga qarshi o‘yinda mag‘lub, deb topilishini qaror qildi. Natijada o‘yin 3:0 hisobida Marokash Qirolligi futbol federatsiyasi (FRMF) foydasiga qayd etildi, - deyiladi CAF bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi o‘yinda Senegal milliy jamoasi 90+8-daqiqada raqib futbolchisi Braim Diasga nisbatan qo‘llanilgan fol uchun belgilangan penaltidan so‘ng maydonni tark etgan edi. Uchrashuv 13 daqiqadan so‘ng qayta boshlanib, 1:0 hisobida Senegal g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!