
Sergey Bogachuk: "Madrimov Terens Kroufordni mag‘lub etgandi"
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Isroil juda zo‘r, iste’dodli bokschi, havaskordagi faoliyati ham yaxshi natijalar qayd etgan. U ham havaskor, ham prof boksda aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi. Isroil faqat Kroufordga mag‘lub bo‘lgan. Lekin amerikalik bokschi jangda Isroildan kuchliroq edi va g‘alaba qozongandi deb o‘ylamayman. U referi qo‘lini ko‘tarishi uchun hech narsa qilmadi. Men uchun o‘sha jangda Madrimov haqiqiy chempion bo‘lgandi. Isroil faoliyati davomida juda kuchli raqiblar bilan jang qilishga muvaffaq bo‘lgan. Men uchun u bilan jang juda yaxshi tajribaga aylanadi. Biz chempionmiz", - dedi Sergey.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Aleksandr Usik - Tayson Fyuri revansh jangining anderkardida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar