Server Jeparov boshchiligidagi jamoa qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 19 aprel, 2021, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Server Jeparov shogirdlari Osiyo o‘yinlari va qit’a kubogi saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tecno

2021 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari hamda 2023 yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston U 15 terma jamoasi uchun Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilmoqda.

Bosh murabbiy Server Jeparov mazkur terma jamoa tarkibini shakllantirib olishi uchun yig‘in bir necha bosqichda guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkazilishi reja ostiga olingan.

Ushbu yig‘in davomida o‘smirlar terma jamoasi “Chig‘atoy” stadionida 4 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

U15 O‘zbekiston 6-1 Jizzax FA U15

U15 O‘zbekiston 4-1 “Lokomotiv U15”

U15 O‘zbekiston 2-1 “Bunyodkor U15”

U15 O‘zbekiston 2-1 “Andijon U15”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!