
Serxio Aguero Anrini quvib o‘tdi
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguro APL 22-turi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
Argentinalik o‘zining APLdagi 255-o‘yinida 175 va 176 gollarini kiritdi.
Shu tariqa u APL legionerlari ichida Terri Anrining 175 ta gollik natijasini ortda qoldirib eng yaxshi legioner to‘purar nomiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, u APL to‘purarlari o‘rtasida 5-o‘rinda bormoqda.
Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar - Alan Shirer (260 ta gol). Keyingi o‘rinlarda Ueyn Runi (208), Endi Koul (208) va Frenk Lempard (177) bormoqda.
Fikrlar