Serxio Ramosning katta klubga transferi yana barbod bo‘ldi
Bir vaqtlar jahon futbolining eng zo‘r himoyachilaridan bo‘lgan Serxio Ramos bir necha oydan beri o‘ziga ish topa olmayapti.
O‘z davrida “Real”, PSJ va “Sevilya” jamoalarida to‘p tepgan 38 yoshli futbolchi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bilan muzokara olib borgan edi. Tomonlar hamkorlikka kelishgan bo‘lsa-da, bu transfer amalga oshmay qoldi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Meksika klubida legionerlar limiti to‘lib qolgani bois, ular ispan futbolchisini jamoa safiga qo‘sha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Hozircha, mashhur o‘yinchi ishsiz yuribdi. Uning agentlari AQShning “San-Diego” klubi bilan muzokara boshlagani haqida ma’lumotlar chiqmoqda.
Ramos klublar miqyosida 816 ta uchrashuvda ishtirok etib, markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, 117 ta gol urgan va 42 ta golli pas uzatgan. Ispaniya terma jamoasida 180 ta o‘yinda 23 ta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar