"Sevilya" Lopetegini ishdan bo‘shatishi mumkin
Makhmudov Jamshidbek
Andalusiyaliklar yangi murabbiy qidirmoqda
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "Sevilya" bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste’foga chiqarishga qaror qilgan.
Andalusiyaliklar rahbariyati jamoaning natijalaridan norozi bo‘lib, hozirgi murabbiyga o‘rinbosar qidirayotgani ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” bosh murabbiyligiga nomzodlar hozircha oshkor etilmagan.
Evropa Ligasining ko‘p karra g‘oliblari Ispaniya La Ligasining dastlabki 7 turida faqat bitta g‘alabaga erishgan. Lopetegi shogirdlari hisobidan besh ochko bor. Ular ayni paytda chempionat turnir jadvalida atigi 17-o‘rinni band etgan.

Izohlar (0)