
Shahram G‘iyosovning raqibi Pet Makkormak jahon chempionatiga bormaydi. Britaniya tarkibi bilan tanishing (foto)
Buyuk Britaniya boks terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lgan edi. 25 oktyabrdan start oladigan jahon chempionatida ular qanday tarkibda borishi barcha uchun qiziq. Ayniqsa, O‘zbekiston terma jamoasi safidan o‘rin olgan Shahram G‘iyosovning Pet Makkormakka qarshi ehtimoliy qarama-qarshiligini ko‘pchilik kutayotgan edi. Ammo Buyuk Britaniya jamoasi Pet Makkormak, Peter Mak Grill, Galal Yafai, Benjamin Uittaker, Frezer Klark kabi nomdor bokschilariga dam berdi va tarkibni tubdan yangiladi.
Rossiya boks terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Unga Olimpiada chempioni kiritilmadi...
Qozog‘istonning boks bo‘yicha jahon chempionatiga boradigan tarkibi aniq. Konkabaev esa.....
Fikrlar