
Shakur Stivenson: "Bu boksdagi eng yaxshi jang bo‘ladi"
Shakur Stivensonning (20-0, 10 KO)fikricha, uning Jervonta Devis (29-0,27 KO) bilan to‘qnashuvi boksdagi eng yaxshi jang bo‘ladi.
“Men Devis kabi mashhur emasman. Men kimmanki, boksning eng katta yulduzini jangga chorlasam? Aksincha u buni xohlashi va qilishi kerak. Men bu jangdan xursand bo‘lardim. Bu boksdagi eng yaxshi jang va men dunyoga bu haqiqatan ham shunday ekanligini ko‘rsatmoqchiman”, — dedi Olimpiada sovrindori Shakur Stivenson.
Eslatib o‘tamiz, Stivenson 16 noyabr kuni dominikanlik Edvin De Los Santos (16-1,14 KO) bilan engil vazn (61,2 kg) toifasida vakant qolgan WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Fikrlar