"Shara Bullet"ni mag‘lub etgan o‘zbek jangchisi uning UFCdagi debyuti haqida so‘z yuritdi

Xabaringiz bor, “Shara Bullet” nomi bilan tanilgan dog‘istonlik Sharabutdin Magomedov UFC bilan shartnoma imzolagan va debyut jangini “UFC 294” turnirida braziliyalik Bruno Silvaga qarshi o‘tkazadi.

Magomedov MMAga professional muaytay va K-1 yo‘nalishidan kirib kelgan. Eng qiziq jihati, yurtdoshimiz Sher Mamazulunov bilan jang qilgan va unda hamyurtimiz g‘alaba qozongan. Biz Sher Mamazulunov bilan bog‘lanib, uning “Shara Bullet” bilan jangi va uning UFCdagi debyuti, imkoniyati haqida fikrlari bilan qiziqdik.

- Sharobutdin bilan 2019 yil 2 fevralda jang qilganmiz. Unga qadar ham bir-birimizni bilardik. U Moskvada boshqa zalda shug‘ullanardi. Havaskor yo‘nalishda muaytay va kikboksingda ham ko‘p janglar o‘tkazganmiz. Ikkimiz bir vazn toifasida harakat qilardik. Lekin xech bir-birimizga ro‘baro‘ kelmagandik. Ikkimizning ham natijalarimiz juda yaxshi bo‘lgandi. 2019 yil kuchli to‘rtlikka taklif etishgandi. Sharobutdin, men, Ekaterinburgdan va O‘zbekistondan kuchli to‘rtlik xosil qilingan va 1-jangimda Sharobutdinga to‘g‘ri kelganman. 77 kg vaznda 4 raund jang qilganmiz va ochkolarga ko‘ra, g‘alaba qozonganman. Albatta, shunday kuchli jangchini mag‘lub etganimdan xursand bo‘lganman.

UFCdagi jangiga keladigan bo‘lsak, uning imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lardim. Sababi, uning”stoyka”dagi harakatlari raqibidan ikki barobar tez va katta ehtimol bilan u ochkolarga ko‘ra, raqibini mag‘lub etadi. Bu borada unga omad tilayman!

Sher Mamazulunov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!