Sharifa Davronova Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Koreya Respublikasining Gumi shahrida engil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medal yozildi.

Ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Sharifa Davronova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimiz musobaqada 13.74 metr natija qayd etishga erishdi.

Uch hatlab sakrash, Osiyo chempionati
Li Yi (Xitoy)  – 13.80 metr
Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 13.74
Mariko Marimoto (Yaponiya)  – 13.65

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
27/05/2025 21:58
Yashavor! Omad tilayman!