
"Sharja" safarda mag‘lub bo‘ldi, Shukurov esa to‘liq o‘ynadi
Birlashgan Arab amirliklari Pro ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Al-Jazira" - "Sharja" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bruno tomonidan 38-daqiqada urilgan gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Otabek Shukurov jamoasi mag‘lub bo‘lgan o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar