"Sharja" va boshqalar yoxud "Paxtakor"ning chempionlar ligasidagi raqiblari haqida ma’lumotlar

  • 27 yanvar, 2021, 16:48
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Chempionlar Ligasida "V" guruhidan o‘rin oldi.

Klub matbuot xizmati musobaqada "sherlar" bilan to‘qnash keladigan jamoalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

"Sharja" oxirgi yillarda BAAning eng kuchli jamoalaridan biriga aylandi. 2018/19 yilgi mavsumda sharjaliklar BAA chempioni bo‘lgan. Joriy mavsumda ham Abdulaziz Anbari boshqarayotgan klub peshqadamlik qilmoqda. "Sharja" 6 marta BAA chempionati va 8 bor BAA Prezidenti Kubogida zafar quchgan. Klub safida BAA termasiga nomzod futbolchilar. 6 nafar braziliyalik va hamyurtimiz Otabek Shukurov o‘ynaydi.

"Traktor" bilan "Paxtakor" 2016 yil Chempionlar Ligasida to‘qnash kelgan. Toshkentda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan "Paxtakor" Tabrizda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Ayni paytda Mas’ud Shojayi boshchilik qilayotgan "Traktor" Eron chempionatida 4-pog‘onani egallab turibdi. Jamoada jazoirlik hujumchi Okacha Hamzaviy faoliyat yuritmoqda. Bir qator o‘yinchilari Eron terma jamoasiga nomzod sanaladi.

Saudiya Arabistonining "Al-Vahda" jamoasini Ivo Vieyra boshqarmoqda. Ayni paytda makkaliklar chempionatda 10-o‘rinda bormoqda. "Sherlar" Iroqning "Al-Quva Al-Javiya" klubi bilan 2019 yil saralash bosqichida to‘qnash kelib, 2:1 hisobida zafar quchgan. Joriy mavsumda ushbu jamoa Iroq chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Benazir mix
27/01/2021 18:45
Kamanda bo'q yutishga umid qmela