Shavkat Mirziyoev: "Navbahor"ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Frantsiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi

  • 27 sentabr, 2021, 14:42
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev namanganlik saylovchilar bilan suhbat chog‘ida viloyat futboli haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Namangan ahlining futbolga bo‘lgan ashaddiy qiziqishini nafaqat mamlakatimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi bilishadi.

“Navbahor”ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Frantsiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi.

Namanganliklar Odil Ahmedov kabi iste’dodli, vatanparvar futbolchini etishtirib bergani bilan har qancha faxrlansa arziydi. O‘ylaymanki, viloyatning shahar va qishloqlarida uning izdoshlari yana ko‘plab topiladi.

“Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirsak, nima deysizlar?!", - deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
27/09/2021 15:10
Бет ута безлиги борасида пахтакор уйинчи ва рахбарларига хам хеч ким тенглашолмайди