Shavkat Salomov nima sababdan maydondan chetlatildi? (Video)

  • 14 mart, 2020, 08:44
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Turning ilk uchrashuvi Termizda kechdi. Unda mahalliy "Surxon" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvning 76-daqiqasida "Nasaf"ning serbiyalik legioneri Marko Stanoevichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.

Tecno

Shundan so‘ng har ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi va unda Husniddin Aliqulov faol ishtirok etdi. Mazkur vaziyatga "Surxon" sardori Shavkat Salomov ham aralashdi va raqib yuziga tupurdi. Buni quyida keltirilgan videolavhada "ajdarlar"ning 4-raqamdagi futbolchisi yuzini artayotganidan ham payqash mumkin.

Natijada uchrashuv  bosh hakami Ahrol Risqullaev Aliqulovga sariq kartochka, Salomovga esa sportchiga xos bo‘lmagan harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaka
14/03/2020 09:20
Shavkat Salomov Nasaf 2 golni urganda stadiyon sudya pidaraz deganda muhlislarga qarab jim diyishni urniga qullarni kutarib qattiqroq dep ishora qildi bunaqa uyinchilarni qizilki qizil yuq qilish kerak
Davron Jenjayev
14/03/2020 09:07
shavkat qaridin kutti qisib pensiaga chiq