Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi AQShga, ayollar Hindistonga qarshi oʻynaydi
Butunjahon shaxmat olimpiadasi hal qiluvchi pallaga kirmoqda. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va 9-turda AQShga qarshi bahs olib boradi.
AQSh tarkibida Fabiano Karuana, Uesli So, Levon Aronyan va Hans Nimmann kabi taniqli grossmeysterlar bor. Shunga qaramay, amerikaliklar musobaqada ochko yo‘qotib ulgurgan va hozirda 13 ochko bilan O‘zbekistonni ta’qib qilmoqda.
Bugun peshqadamlik uchun kurashayotgan jamoalarning barchasi jiddiy sinovdan o‘tadi. Germaniya Hindiston bilan, Xitoy Frantsiya bilan, Ozarbayjon esa Armaniston bilan bahs olib boradi.
Shu sababli 9-tur yakunlariga ko‘ra turnir jadvalidagi yuqori o‘rinlarda sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham musobaqani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Niderlandiya ustidan 3:1 hisobidagi g‘alaba vakilalarimizni 13 ochko bilan 6-o‘ringa olib chiqdi.
9-turda qizlarimiz amaldagi chempion Hindistonga qarshi o‘ynaydi. Hindiston ham 13 ochkoga ega.
Bundan tashqari, Xitoy — Armaniston va Qozog‘iston — Mo‘g‘uliston uchrashuvlari ham yuqori o‘rinlar uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hindiston ustidan g‘alaba qozonish O‘zbekiston ayollar term

Fikrlar