Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat. Sovrin jamg‘armasi 1,5 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi musobaqa Rossiyada bo‘lib o‘tadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

"Osiyo Chempionlar ligasi 2025" birinchi marta Rossiyada o‘tkaziladi.

Shaxmat bo‘yicha klublar o‘rtasidagi "Osiyo Chempionlar ligasi 2025" birinchi marta Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qarorni Osiyo shaxmat federatsiyasi qabul qilgan. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Jamoaviy turnir 17-26 iyun kunlari Xanti-Mansiyskda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa davra tizimida 10 ta jamoa o‘rtasida bitta turdan iborat bo‘ladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 10 million rubl(taxminan 1,5 mlrd. so‘m)ni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q