Shaxrom Samiev: "O‘zbekistonni Osiyo Kubogini yutishiga ishonaman va ularga muxlislik qilaman"

  • 26 aprel, 2024, 14:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun U23 Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Saudiyaliklar guruh bosqichida yon qo‘shnimiz – Tojikiston U23 terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu bellashuvda “Andijon” klubi legioneri Shaxrom Samiev ham saudiyaliklarga qarshi uchrashuvda to‘p surdi.

Kuni kecha “Andijon” ixtiyoriga qaytgan hujumchi Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuv oldidan terma jamoamizning imkoniyatini baholadi.

- Shaxrom, Tojikiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtirokini qanday baholaysiz.Jamoaga nima etishmadi?

- Guruh bosqichida kuchli terma jamoalar bizga raqiblik qilishdi. Shunday bo‘lsa ham guruhdan chiqishga harakat qildik, ammo tarkibda bunday saviyada ilk bor o‘ynagan futbolchilarimizda tajriba etishmasligi uchun ishimiz o‘ngidan kelmadi.

- Sizlar guruh bosqichida saudiyaliklarga qarshi o‘ynadinglar. O‘zbekiston terma jamoamiz bugun musobaqaning chorak finalida aynan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Ayting-chi, terma jamoamiz imkoniyatini qanday?

- Saudiyaliklarda yaxshi terma jamoa bor. Ayniqsa, ularda hujum borasida ustunlik yuqori. Shu bois ikki yil oldin ular chempion bo‘lishgan. Menimcha, bugungi uchrashuvda ikkala terma jamoaga oson bo‘lmaydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida yuqori saviyada o‘ynay oladigan ijrochilar talaygina. Bugun aynan O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman. Yana shuni aytmoqchi bo‘lganim, bo‘lajak bahs finalga teng va kim g‘olib chiqsa, yo‘lida davom etadi.

- Sizningcha, Saudiya Arabistonining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada? Masalan, qaysi futbolchilari xavfli?

- Barcha o‘yinchilar - jumladan hujumda va himoyalanishda kuchli. Aniq ism-shariflarini bilmayman-u, ammo ulardagi 8- va 9- hamda 23-raqamdagilari ancha sifatli ijrochilar ekanligi ko‘ringandi.

- Umuman, terma jamoadan klubga qanday kayfiyatda qaytdingiz?

- Kayfiyat yomon emas va “Nasaf”ga qarshi kechadigan bahsga astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz. O‘yin kuni esa kayfiyatimiz yanada yaxshi bo‘ladi.

- O‘zbekistonning Osiyo Kubogini yutishiga ishonasizmi? Asosiy favoritlar kimlar?

- Ha, ishonaman. Lekin Kubokkacha yaponlar bilan avstraliyaliklar asosiy favoritlar bo‘lishsa kerak, deb o‘ylardim. Ammo endi bu masaladagi fikrim ancha o‘zgardi. Bu yog‘i qanday davom etishini bilmayman.

- Shaxrom, “Andijon” klubi hamda Tojikiston terma jamoasining o‘yin uslublari o‘rtasida qanday farqli jihatlari bor?

- Hammasi ko‘p jihatlarga va qaysi jamoaligiga bog‘liq, biroq U 23 borasida ham qandaydir o‘xshash jihatlar yo‘q emas.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!