"Sherdor"ni rossiyalik mutaxassis boshqaradi
Shahzod
Ilgariroq uning "Binokor"da ish boshlashi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Samarqandning "Sherdor" xokkey klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi. Jamoa Rossiya Federatsiyasining Glazov shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, muz ustidagi mashg‘ulotlarga kirishdi.
Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan "Sherdor"ni ayni vaqtda Aleksandr Ageev boshqarmoqda. 47 yoshli mutaxassis bunga qadar Neftekamskning "Botir", Voljskiyning "Ariada", Ekaterinburgning "Avto" va Kurganskning "Yunior" klublarida faoliyat olib borgan.

Izohlar (0)