
ShHTga a’zo davlatlarning mashhur sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanidan fotogalereya
Ma’lumki, joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Samarqand sammitidan avval tashkilot faoliyati doirasida birinchi bor “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasiga asos solindi.
Bugun ushbu tadbir doirasida “International hotel Tashkent” mehmonxonasida ShHTga a’zo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda para kanoe bo‘yicha jahon chempioni Shahnoza Mirzaeva, boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov, erkin kurash bo‘yicha Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni rossiyalik Abdulrashid Sadullaev, boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori qozog‘istonlik Kamshibek Konkabaev, boks bo‘yicha 2 karra Osiyo chempionati sovrindori tojikistonlik Shoira Zulqaynarova, og‘ir atletika bo‘yicha Birmingem-2022 Hamdo‘stlik o‘yinlari g‘olibi pokistonlik Muhammad Nuh, o‘q otish sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi qirg‘izistonlik Ramazon Qodirbekov ishtirok etdi.
Matbuot anjumani davomida sportchilar ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.
Quyida ushbu matbuot anjumanidan olingan eng sara fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:


















































Eslatib o‘tamiz, ertaga “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasi doirasida poytaxtimizda joylashgan “Milliy bog‘”da mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari va maxsus fleshmob tashkil etiladi.
Fikrlar