
Shohjaxon Ergashev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi
AQShning Las Vegas shahrida "Salita Promotions" promouterlik kompaniyasi tomonidan boks oqshomi tashkil qilindi.
Ushbu kechada hamyurtimiz Shohjaxon Ergashev Xulian Smitga qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va Ergashev ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi.
Ta’kidlash kerakki, Ergashev jang davomida 1 marta nokdaun holatiga tushishiga majbur bo‘ldi.
Shu tariqa, Ergashev faoliyatidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar