Shohruh Davlatov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Vakilimiz o‘zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga etib bora olmadi.
Erkaklar o‘rtasida marafon g‘oliblari aniqlandi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan bo‘lsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Hamyurtimiz Shohruh Davlatov esa 30-kilometrdan so‘ng o‘zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga etib bora olmadi.


Izohlar (0)