Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shok xabar: Muhammad Saloh “Siti”ga qarshi so‘nggi bor o‘ynaganini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qaror qat’iymi?

Angliya Premer-ligasi 13-turining markaziy uchrashuvida musobaqa peshqadami “Liverpul” amaldagi chempion “Manchester Siti”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Shaharliklar” darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritgan Muhammad Salohning o‘yindan keyin bildirgan fikrlari “Liverpul” muxlislarini xavotirga solib qo‘ydi.

- To‘g‘risini aytsam, bir narsani o‘ylab qoldim. Hozircha, bu mening “Liverpul” tarkibida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazgan oxirgi uchrashuvim va shu bois, undan rohat olishni istadim. Biz ligada g‘olib chiqishimizga umid qilaman va uyog‘iga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Muhammad Saloh.

Gap shundaki, misrlik futbolchining klub bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. “Liverpul” 32 yoshli etakchisiga hali shartnoma bergani yo‘q.

Muhammad Salohga Evropa, AQSh va Saudiya Arabistonidan badavlat klublar ish va mo‘may daromadli shartnoma taklif qilyapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q