Shomurodov, Husanov va Turg‘unboev keldi. Terma jamoamiz to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (fotogalereya)
Kechadan boshlab Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi KXDR va Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvlar oldidan mashg‘ulotlarni boshlagan edi. Bugun ham mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
"Jar" stadionida bo‘lib o‘tgan yig‘inning birinchi kunida legionerlarimiz Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Azizbek Turg‘unboevlar qatnashmagan edi. Bugun ular ham etib keldi va terma jamoa to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, vakillairmiz 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida KXDRni qabul qilsa, 10 sentyabrda Qirg‘iz Respublikasi mehmoni bo‘ladi.








































Fikrlar