Shomurodov endi Finlyandiyaда o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilari – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev yangi mavsumni boshqalardan ancha avval boshlab yubordi. “Istanbul Boshakshehir” UEFAning uchinchi musobaqasi – Konferensiyalar ligasida ishtirok etayotganligi bois, legionerlarimiz jahon chempionatidan keyin yana rasmiy o‘yinlarda qatnasha boshladi.
Turk klubi xalqaro turnirdagi ilk uchrashuvini bir hafta muqaddam o‘z maydonida o‘tkazib, Finlyandiya‘ning “Inter Turku” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Endi “Boshakshehir” 30 iyul kuni raqib mezbonligida o‘tadigan javob uchrashuvida muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qiladi.
Turku shahridagi “Veritas” stadionida bo‘lib o‘tadi bahsni belgilangan. Birinchi uchrashuvda kuchlar teng kelgani bois, javob o‘ynining asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida durang hisob saqlanib qolsa, g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi.
Bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoa keyingi raundda Lixtenshteynning “Vaduts” hamda Andorraning”Atletik Eskaldes” klublari o‘rtasidagi juftlik g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Birinchi uchrashuvda “Vaduts” o‘z maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qo‘zg‘onani bois, aynan lixtenshteynliklarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yuqori baholanayapti.
“Boshakshehir”ning yetakchilaridan ivuarik himoyachisi Kristofer Operi diskvalifikatsiya muddati tugagani sababli mazkur uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Turkiya klubi bosh murabbiyi Nuri Shahin UEFAga Konferensiyalar ligasiga jalb qilinadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar: Volkan Babajan, Muhammad Shengazer, Deniz Dilmen.
Himoyachilar: Jerom Opoku, Onur Bulut, Hamza Gyureler, Kristofer Operi, Emin Bayram, Useynu Ba, Mixal Karbovnik, O‘mer Ali Shohiner.
Yarim himoyachilar: Berat O‘zdemir, Onur Ergyun, Olivye Kemen, Abbosbek Fayzullaev, Berkay O‘zjan, Umut Gyunesh, Gyuven Atalay.
Hujumchilar: Yusuf Sari, Davie Zelke, Nuno Da Koshta, Eldor Shomurodov, Ivan Brnich, Bertug Yildirim.
Bo‘lajak uchrashuv istanbulliklar uchun 2015/2016 yildagi mavsumdan buyon Yevropa musobaqalari – Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasidagi 70-bahs bo‘ladi. Bunga qadar 69 ta uchrashuv o‘tkazgan “Boshakshehir”, 26 ta g‘alaba, 18 ta durang va 25 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Ushbu uchrashuvlarda jamoa 103 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 96 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar