Shomurodov finaldan keyin nimalar dedi?

  • 19 noyabr, 06:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy mavsumning o‘zida ikkita xalqaro turnirda g‘olib chiqdi.

Tecno

Dastlab, futbolchilarimiz avvalgi bosh murabbiy – Timur Kapadze qo‘l ostida avgust-sentyabr oynlari davomida o‘tkazilgan “CAFA Nations Cup-2025” turnirida g‘olib chiqqan edi.

Noyabr oyidagi xalqaro turnirda mamlakatimiz bosh jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lajak jahon chempionatining to‘rt ishtirokchisi – O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi “Al-Ain Cup” musobaqasida zafar quchdi.

Bu turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro murabbiyligi ostida o‘ynadi. Musobaqa futbolchilarimizga ham, bosh murabbiy uchun ham o‘ziga yarasha sinov vazifasini o‘tab berdi.

Ayniqsa, O‘zbekistonning mashhur yulduz Muhammad Saloh etakchiligidagi Misr terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgani muxlislarga manzur bo‘ldi. Bu uchrashuvda ikkita to‘p kiritgan Oston O‘runovga bir necha klublar, xususan, Italiyaning “Yuventus” jamoasi qiziqish bildira boshlagani va Fabio Kannavarodan o‘yinchi haqida ma’lumot so‘ragani haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.

Finalda raqib – Eron bilan o‘yin ham doimgidek murosasiz bo‘ldi. Eronliklar “2025 CAFA Nations Cup-2025” finalidagi mag‘lubiyat uchun hisob-kitob qilishga urindi. Ularga Abduqodir Husanovning maydondan chetlatilib, 20 daqiqadan ko‘proq bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagani ham yordam bermadi. Uchrashuvda hisob ochilmagach, g‘olib penaltidan aniqladi va bu borada terma jamoamiz raqibdan ustun keldi.

“Al-Ain Cup” turniri finalidan keyin O‘Zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu gal o‘tgan uchrashuvlarga qaraganda yaxshiroq taassurot qoldirdik. Birinchi bo‘limda bir necha imkoniyatlar bo‘ldi.  O‘yinning ikkinchi yarmida bir kishi kam bo‘lib o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. Himoyada jips o‘ynab, raqibning jiddiy xavfli vaziyatlar yaratishiga yo‘l qo‘ymadik, - dedi Eldor Shomurodov.

Shuningdek, 30 yoshli hujumchimiz penalti tepish mas’uliyati haqida ham fikr bildirdi. Esingizda bo‘lsa, Shomurodov Qirg‘iziston bilan bo‘lgan uchrashuvda 11 metrlik belgidan to‘p kirita olmagan edi. Biroq Turkiya Superligasi doirasidagi o‘yinning so‘nggi daqiqasida o‘ta muhim penaltini aniq bajarib, “Bashakshehir”ga g‘alaba keltirani Shomurodov o‘zini har tomonlama tiklab olganidan dalolat beradi.

-  O‘sha uchrashuvdan keyin penalti tepish bo‘yicha ko‘proq ishlashga to‘g‘ri keldi. Texnikamni, zarba berish uslubimni to‘liq yangiladim, shu bois oxirgi paytlarda o‘zimni ancha ishonchli his qilayapman, - dedi Eldor.

Shuningdek, terma jamoamiz sardori yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaroning ish uslubi va jamoaga ta’siri haqida ham gapirdi.

- Terma jamoamizdagi o‘zgarishlar aniq ko‘rinib turibdi. Kannavaro bizdan doim oldinga harakat qilishni, shiddatli o‘ynashni, tempni yuqoro‘yin uslubimizda ham yangiliklar bor. Jamoa o‘yini bosqichma bosqich o‘sib boryapti, - dedi Eldor Shomurodov.

Husanovning ahvoli qanday? “Manchester Siti” o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi

Shomurodovning transferi yanvarda hal bo‘ladi

O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!