Husanovning ahvoli qanday? “Manchester Siti” o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi
“Manchester Siti” joriy mavsum klublar miqyosida o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda bosh sovrin uchun kurashishni maqsad qilgan. Ayni paytda Xosep Gvardiola jamoasi qayd etayotgan natijalar chakki emas.
Ammo jamoani noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan keyin Angliya Premer-ligasida ham, Evropa Chempionlar ligasida ham jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi.
Sports.uz portali Angliya fubolini yoritib kelayotgan esteemedkompany.com sayti “Manchester Siti”ning hozirgacha o‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘yinchilar qayd etgan ko‘rsatkichlar asosida tuzgan maxsus reytingi va har bir ijrochining harakatlariga bergan bahosi haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Darvozabonlar:
Janluiji Donnarumma – 8,5/10: Italiyalik golkiper Xosep Gvardiola jamoasiga darrov kirishib ketdi. U jamoada etakchilik qobiliyatini namoyish qilmoqda va seyvlari bugungi kunda jamoa usun muhim ahamiyat kasb etadi.
Jeyms Trafford – 6,5/10: Angliyalik darvozabon Premer-liganing dastlabki uch uchrashuvida “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqladi. Lekin jamoaga Donnarumma kelishi bilan zaxira o‘rindig‘iga mixlandi.
Himoyachilar:
Mateush Nunesh – 8,5/10: Oxirgi paytda portugaliyalik futbolchi “Manchester Siti”ning eng barqaror o‘yinchilaridan biriga aylandi. U o‘ng qanot himoyasini o‘ziniki qilib oldi va o‘yinchi sifatida o‘sib borayotganini namoyish qilyapti.
Riko Lyuis - 6/10: Lyuis bu mavsum jamoaga sezilarli ta’sir o‘tkazmayapti. Keyingi paytda u himoyadan ko‘ra, yarim himoyachi rolini bajaradigan ko‘rinadi.
Abduqodir Husanov-6/10: Jarohatlar o‘zbek futbolchisiga bor imkoniyatlarini namoyish qilishga yo‘l bermayapti. Husanov markaziy himoyachi bo‘lsa-da, o‘z pozitsiyasidan tashqari o‘ng qanotda ham o‘ynay olishini isbotladi. Joriy mavsumda Abduqodir asosan himoyaning o‘ng qanotida o‘ynashi kutilyapti.
Ruben Diash – 8/10: Ruben Diash bu mavsum juda zo‘r o‘ynayapti. Uning etakchilik qobiliyati jamoa muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynamoqda. Ayniqsa, “Manchester Siti” amaldagi chempion “Liverpul”ni 3:0 hisobida yutgan uchrashuvda Diashning o‘yini bu futbolchi optimal sport formasiga erishishga yaqin ekanini ko‘rsatdi.
Yoshko Gvardiol - 7/10: Chempionatni kutilganidan past darajada boshladi. Lekin borgan sari o‘ziga kelyapti. Ayni paytda Ruben Diash bilan birga himoya markazining asosiy o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Jon Stounz-7/10: “Manchester Sitining asosiy ustunligi Jon Stounz jismoniy formasini barqaror ushlab turganida. Jarohatlarga qaramay, angliyalik himoyachi ishonchl o‘ynamoqda.
Natan Ake - 5,5/10: Tajribali himoyachi ayni paytda Xosep Gvardiola jamoasida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan va jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazayotgani yo‘q.
Niko O’Rayli — 9/10: “Manchester Siti”ning eng zo‘r o‘yinchilaridan biriga aylandi. Samarali o‘yini orqali Niko O’Rayli Angliya terma jamoasi a’zosiga aylandi. Shuningdek, “Siti” tarkibida chap qanot himoyachisi pozitsiyasini o‘ziniki qilib oldi.
Rayan Ayt-Nuri – 5/10 : Jarohatlar Ayt-Nurini o‘yindan chiqardi. Reyting ko‘rsatkichi pastligining sababi ham shu.
Yarim himoyachilar:
Niko Gonsales – 9/10: “Manchester Siti”ning joriy mavsumdagi eng faol o‘yinchilaridan. Aksariyat uchrashuvlarda Gonsales o‘z o‘yini bilan Rodrining yo‘qligini bildirmayapti.
Rodri – 6/10: Rodri salomatligini tiklab olsa, yuqori darajada o‘ynashi mumkinligini ayrim uchrashuvlarda isbotlay oldi. Lekin kichik-kichik jarohatlar uning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga xalaqit qilyapti.
Bernardu Silva – 8/10: “Manchester Siti” sardori sifatida yaxshi o‘ynayapti. Xususan, yaqinda “Liverpul”ga qarshi o‘tkazilgan g‘alabali o‘yinida ham portugaliyalik futbolchi jamoa o‘yiniga ta’sirini ko‘rsata oldi.
Tijani Reynders – 7/10: Tijanining “Vulverxempton”ga qarshi debyut o‘yini uning Angliya Premer-ligasiga juda tez moslaga olgashidan dalolat bergandi. Biroq keyingi uchrashuvlarda uning o‘yinida pasayish kuzatildi va baribir yangi chempionatga moslashish ma’lum vaqt talab etilishi namoyon bo‘ldi.
Fil Foden - 9/10: Foden bu mavsum eng zo‘r formasiga chiqib oldi. Xosep Gvardiola jamoasida o‘z salohiyatini namoyon etib kelmoqda.
Hujumchilar:
Oskar Bobb-6/10: Ayrim uchrashuvlarda yorqin o‘yin namoyish qilganiga qaramay, umumiy hisobda yuqori darajada o‘ynashga qiynalmoqda. Yosh o‘yinchiga barqarorlik va tajriba etishmayapti.
Rayan Sherki - 7,5/10: Mavsumning katta qismini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi, lekin maydonga qaytganidan beri o‘zini ko‘rsata oldi. Uning uchta gol urib, yana shuncha golli pas bergani yorqin o‘yinlaridan dalolat.
Savino-6,5/10: Uning o‘yinida ham yorqin lahzalar ham, hafsalani pir qilgan vaziyatlar ham kuzatildi. Braziliyalik legioner barqaror tarzda rivojlanish yo‘liga o‘tishi kerak.
Jeremi Doku-9/10: Bu mavsum Doku o‘yini kuchaydi. Ayniqsa, “Liverpul”ga qarshi harakatlari joriy mavsumning eng zo‘r o‘yini bo‘ldi.
Umar Marmush - 5/10: Jarohat misrlik forvardga o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi.
Erling Xoland-10/10: 15 ta uchrashuvda urilgan 19 ta gol hammasini ko‘rsatib turibdi. Xoland gol urishdan tashqari jamoaga himoyalanish va o‘yinni tashkil qilishga yordam beryapti. Xoland joriy mavsumda “Manchester Siti”ning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lishga asosiy da’vogar.
Shomurodovning transferi yanvarda hal bo‘ladi
FIFA: Nimchorak finalni O‘zbekiston boshlab beradi! (1/8 finallar ro‘yxati)
O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
Fikrlar