Shomurodov Ikardi va Onuachu bilan to‘purarlik poygasi haqida gapirdi

  • 23.12.2025 14:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 17-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Gaziantep" jamoasini mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda gol muallifi bo‘lgan Eldor Shomurodov to‘purarlar poygasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 Siz to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rindasiz. Onuachu, Ikardi va Taliska kabi futbolchilarni ortda qoldiryapsiz. Bu raqobat haqida nima deysiz?

"To‘purarlar poygasida qatnashishni yoqtiraman, ammo men uchun eng muhimi — jamoamizning g‘alaba qozonishi va birgalikda yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishimiz", — dedi Shomurodov Sport Digitale nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hujumchi joriy mavsumda 12 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!