Shomurodov jamoasi Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlaydi
“Roma” futbolchilari A Seriyaning uchinchi turidan o‘rin olgan “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar futbolkasida Birlash Millatlar Tashkilotining qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi logotipi joylashtiriladi.

Uchrashuvdan keyin ushbu formalar xayriya auktsioniga qo‘yiladi va kelib tushgan mablag‘ BMTning qochqinlar bo‘yicha olib borayotgan ishlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Uchrashuv 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.



Fikrlar