
Shomurodov jamoasida oxirgi imkon qoldi!
Evropa Ligasining umumiy bosqich o‘yinlari yakunlanishiga yana bitta tur qoldi. Bu musobaqada ishtirok etayotgan yagona futbolchimiz Eldor Shomurodovning “Roma”si ettinchi turni Niderlandiyada o‘tkazdi.
Klaudil Raneri shogirdlari “AZ Alkmaar” jamoasi mehmoni bo‘ldi va o‘yinning 80-daqiqasida mezbonlar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi.
Rim klubi bosh murabbiyi bu bellashuvda Eldor Shomurodovni zaxirada olib qoldi va o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi.
G‘alabadan keyin “AZ Alkmaar” musobaqaning pley-off bosqichida qatnashish huquqini kafolatladi.
7-tur natijalari bilan tanishing:
Galatasaroy (Turkiya) - Dinamo (K, Ukraina) - 3:3
Beshiktosh (Turkiya) - Atletik (Ispaniya) - 4:1
Karabax (Ozarbayjon) - FKSB (Ruminiya) - 2:3
Xoffenxaym (Germaniya) - Tottenxem (Angliya) - 2:3
Fenerbahche (Turkiya) - Lion (Frantsiya) - 0:0
AZ (Niderlandiya) - Roma (Italiya) - 1:0
Portu (Portugaliya) - Olimpiakos (Gretsiya) - 0:1
Malme (Shvetsiya) - Tvente (Niderlandiya) - 2:3
Viktoriya (Chexiya) - Anderlext (Belgiya) - 2:0
Bude-Glimt (Norvegiya) - Makkabi (TA, Isroil) - 3:1
Manchester Yunayted (Angliya) - Reynjers (Shotlandiya) - 2:1
Latsio (Italiya) - Real Sosedad (Ispaniya) - 3:1
PAOK (Gretsiya) - Slaviya (Chexiya) - 2:0
RFSh (Latviya) - Ayaks (Niderlandiya) - 1:0
Ayntraxt (Germaniya) - Ferentsvarosh (Vengriya) - 2:0
Elfsborg (Shvetsiya) - Nitstsa (Frantsiya) - 1:0
Yunion (Belgiya) - Braga (Portugaliya) - 2:1
Ludogorets (Bolgariya) - Mityulland (Daniya) 0:2
Umuman olganda, Evropa ligasida musobaqani keyingi bosqichda davom ettiradigan 15 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Bular – “Latsio”, “Ayntraxt” (Frankfurt), “Atletik Bilbao”, “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Tottenxem”, “Anderlext”, “Styaua”, “Galatasaroy”, “Budyo/Glimt”, “Viktoriya” (Plzen), “Olimpiakos”, “Reynjers”, “AZ Alkmaar” va “Yunion” jamoalaridir.
Yana qolgan to‘qqizta o‘ringa 14 ta klub da’vogarlik qilmoqda. “Ayaks”, PAOK, “Real Sosedad”, “Midtyullann”, “Elfsborg”, “Roma”, “Ferentsvarosh”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh”, “Portu”, “Tvente”, “Braga”, “Xoffenxaym” va “Makkabi” (Tel-Aviv) kabi jamoalar keyingi bosqich masalasini oxirgi turda hal qiladi.
Hozircha, ettinchi turdan keyin 9 ochko bilan 21-o‘rinni egallab turgan “Roma” futbolchilari oxirgi turda jiddiy raqib – musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasi bilan to‘qnashadi. Uchrashuv 30 yanvar kuni Rim shahridagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar