Eng o‘tkir hujum uchligi. Shomurodov “Napoli”, “Sevilya”, “Atletiko”dan oldinda!

  • 29 may, 2020, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Butun Evropa futboldan dam olayotgan bir paytda “Bavariya” futbolchilari to‘purar hujumchilar uchligi reytingida etakchilik pozitsiyasini tobora mustahkamlab bormoqda.

Bu reyting Evropa milliy chempionatlarida bir jamoa tarkibida eng ko‘p gol urgan uch nafar futbolchi ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi.

Ushbu reytingning birinchi pog‘onasidan Robert Levandovski, Serj Gnabri va Filippe Koutino uchligi o‘rin olgan. Bu uch futbolchi joriy mavsumda “Bavariya” tomonidan kiritilgan jami 78 ta golning 46 tasiga mualliflik qilishgan.

Lewandowski

Nazariy jihatdan ulardan o‘zib ketishi kerak bo‘lgan PSJ vakillari – Kilian Mbappe, Neymar va Mauro Ikardi mavsum erta yakunlangani tufayli  43 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi.

277c4f

Kuchli uchlikni bu mavsum ko‘p gol urayotgan “Latsio” hujum uchligi -  Chiro Immobile, Felipe Kaysedu va Xoakin Korrea 42 ta gol bilan yakunlagan. Ular Italiya chempionati boshlanishi bilan bu mavsum boshqa maydonga tushmaydigan PSJ vakillaridan osonlikcha o‘tib ketadi.   

Latsio-Lechche-3

Yana bir nemis jamoasi – “Leyptsig” to‘purarlari 40 ta gol bilan yuqori o‘rinlarga intilmoqda. Timo Verner, Marsel Zabittser va Patrik Shikning har bir goli ularni reytingda yuqoriga ko‘taradi.

Nihoyat, o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov boshchiligidagi “Rostov” to‘purarlari Evropa miqyosida kamtarona – 69-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa-da, rostovliklar Rossiya chempionatidagi eng kuchli ikkita hujum  uchligidan biri hisoblanadi. “Rostov” uchligida eng ko‘p to‘pni Eldor Shomurodov kiritgan – 11 ta gol. Uning jamoadoshlari Aleksey Ionov  va Roman Eryomenko raqiblar darvozasini besh marotabdan ishg‘ol qilgan.

755721188220795

Shunday bo‘lsa-da, Eldor o‘z do‘stlari bilan birga “Napoli” (80-o‘rin), “Sevilya” (98-o‘rin), “Atletiko” (102-o‘rin) kabi bir qator nomdor klublari hujumchilarini ortda qoldirmoqda.

Rossiya premer-ligasi o‘yinlari ham 21 iyundan boshlanishini inobatga olsak, Eldor Shomurodov boshchiligidagi “Rostov” hujum uchligida reyting pog‘onalarida yuqoriga ko‘tarilish salohiyati bor.  

Albatta, tez kunlarda qator Evropa davlatlarida milliy chempionat o‘yinlari boshlanishi bilan bu reytingdagi ko‘rsatkichlar ham birma-bir yangilanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!