Shomurodov o‘yindan so‘ng: "Chempionlar ligasiga chiqishni juda xohlaymiz"

  • 20 aprel, 02:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi hisoblangan Eldor Shomurodov "Verona" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘yinga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eldorning yagona goli rimliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi va jamoani Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga bir qadam yaqinlashtirdi. 
 
"Biz Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni juda xohlaymiz va bunga erishish uchun har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Murabbiy bu o‘yin oson bo‘lmasligini aytgandi, lekin biz uddaladik — bunda muxlislarning roli katta bo‘ldi, ular stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Ular bizga juda katta yordam berishmoqda" — deya ta’rif berib o‘tdi milliy terma jamoamiz a’zosi. 

Eldor Shomurodov of AS Roma celebrates the victory at the end of the Serie A match between AS Roma and Verona at Stadio Olimpico on April 19, 2025 in...
 
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli forvardimiz joriy mavsum 32 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!