Shomurodov: "Portugaliyaga qaraganda bizda bosim kamroq"

  • 23.06.2026 06:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va yetakchisi hisoblangan Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan avval futbolchilarning holati hamda bir necha qiziqarli savollarga javob berib o‘tdi.

— Albatta, bizda bosim yo‘q. Shu sababli ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bizda ajoyib jamoa shakllangan. Birinchi o‘yindan keyin bizda ishonch shakllangan, biz allaqachon debut qilib bo‘ldik. Biz ertaga yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz.

— Biz raqibimizning birinchi turdagi o‘yinining natijasiga ahamiyat bermadik. Bu haqida hozir o‘ylashning payti emas. Balki uchinchi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, hozir biz uchun eng asoslisi ertangi bahs.

— Kolumbiyaga qarshi birinchi bo‘limda murabbiy ko‘rsatmalarini to‘liq bajarolmaganimiz evaziga xatolar kelib chiqdi, deb o‘ylayman. Ertaga bunday xatolarni takrorlamasdan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga, to‘pni ko‘proq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz.

— Hammasi yaxshi. Hayajon bo‘lishi tabiiy, biroq maydonga chiqqan birinchi daqiqamizdayoq bu esdan chiqadi.

— Biz Abbos bilan klubda ham birga o‘ynaymiz. Mashg‘ulotlarda ham doimo birgamiz. Shu sababli ham bir birimizni o‘zaro yaxshi tushunamiz, desam bo‘ladi.

Eng muhimi bir jamoa bo‘lib, yaxshi natija qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!