Shomurodov qani?

  • 30 oktabr, 2023, 21:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali ayni paytda Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotgan sobiq ittifoq hududidan etishib chiqqan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Ushbu portal ekspertlari ramziy jamoaga Angliya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya chempionatlari yuqori divizionlarida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer summalari qiymatiga qaragan holda jalb etgan.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon:  

Georgiy Mamardashvili (Gruziya, “Valensiya”, € 30 mln).

mamardashvili

Himoyachilar:

Aleksandr Zinchenko (Ukraina, «Arsenal» London, € 42 mln); Vitaliy Mikolenko (Ukraina, «Everton», € 25 mln); Ilya Zabarniy (Ukraina, «Bornmut», € 20 mln).

Yarim himoyachilar:

Mixail Mudrik (Ukraina, «Chelsi», € 45 mln); Aleksandr Golovin (Rossiya, «Monako», € 30 mln); Viktor Tsigankov (Ukraina, «Jirona», € 22 mln); Ruslan Malinovskiy (Ukraina, «Jenoa», € 10 mln); Daler Kuzyaev (Rossiya, «Gavr», € 10 mln).

Hujumchilar:

Xvicha Kvaratsxeliya (Gruziya, «Napoli», € 85 mln); Artyom Dovbik (Ukraina, «Jirona», € 15 mln).

Ko‘rinib turibdiki, bu ramziy terma jamoadan faqatgina uch mamlakat - Ukrainadan etti, Gruziya va Rossiyadan ikki nafardan futbolchiga joy berilgan.

Transfermarkt portali mutaxassislar bu ramziy jamoaga O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisi Eldor Shomurodovni kiritgani yo‘q. Buning sababi – joriy mavsumda “Kalyari” sharafini himoya qilayotgani legionerimizning o‘tgan mavsumlarda “Roma” va “Spetsiya” jamoalaridagi natijalari yuqori bo‘lmagani va transfer summasi tushib ketgani bilan izohlanadi.

Eldor Shomurodovning eng yuqori transfer summasi u Rimga ko‘chib o‘tgan davr – 2021 yilning oktyabrida 14 million evro miqdorida qayd etilgan. Bugungi kunda 28 yoshli futbolchining narxi 6 million evroga baholanmoqda.

Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikkinchi vakilimiz – Abduqodir Husanov ham ramziy terma jamoaga kiritilmadi.

Yozda Belarus chempionatidan Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga ko‘chib o‘tgan markaziy himoyachi hozir kuchli ligaga moslashish davrini o‘tayapti.

Shunga qaramay, Abduqodir Frantsiya chempionatida ikki marta maydonga tushdi. “Mets” va “Lill” jamoalariga qarshi bahsni ilk daqiqalardan boshlagan 19 yoshli futbolchining o‘yini ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

gettyimages-1669700977-2048x2048

Husanovning transfer summasi 2023 yilning 16 oktyabr kuni yangilangan reytingda 400 ming evrodan 800 ming evroga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

"Barsa"da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi

Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi

Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
30/10/2023 21:54
Термадан хам хайдаш керак
&
Азизжон
30/10/2023 15:56
Шомуродов мана