Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi

  • 29 oktabr, 2023, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining o‘ninchi turida “Kalyari” o‘z maydonida “Frozinone” futbolchilari qabul qiladi. Sardiniyaliklar hozircha uchta durangdan boshqa ijobiy natija qayd etmagan va muxlislar birinchi g‘alabani aynan “Frozinone” bilan o‘yinda yuz berishini kutmoqda.

Tecno

vsp_9783_esu_gruppo

“Frozinone” ham xuddi “Kalyari” kabi A Seriya debyutanti. Biroq bu jamoa to‘qqizta uchrashuvdan oltitasida ochko ishlab oldi. Ular hisobida uchtadan g‘alaba va durang bor. Bu jamoa mavsum startining kashfiyoti sifatida e’tirof etilmoqda.

“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri bo‘lajak uchrashuvdan oldin jangovar tarkibni tanlashga qiynalayotganini bildirdi. Futbolni yoritib borayotgan manbalardagi tahlilchi ekspertlar ham maydonga qaysi futbolchilarni tushirish g‘alabaga xizmat qilishini tahlili qilmoqda.

CAGLIARINEWS24.COM:

“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri “Frozinone” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan tarkib tanlashi kerak. Ayni paytda tajribali mutaxassis faqatgina to‘rt futbolchining joyini kafolatlagan.

Bo‘lajak bahsda jamoa darvozasini Simon Skaffet qo‘riqlashi, himoyani eng ishonchli o‘yinchi Alberto Dossena ta’minlashi, maydon markazini Matteo Prati boshqarishi va hujumda Zito Luvumbo javlon urishi aniq.

LA NUOVA SARDEGNA:

“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri “Frozinone”ni engmoqchi, lekin bu jamoa mavsum kashfiyoti ekanini italiyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi tan oldi. Shuningdek, Raneri boshlang‘ich tarkibga kimlarni jalb qilish uni o‘ylantirayotganini aytyapti.

“Salernitana”dagi o‘yin achchiq tajriba bo‘ldi. Endi jamoaga qat’iyat va aniqlik kerak. Salernodagi bahsda Eldor Shomurodov hamda Yakub Yankto kabi futbolchilar o‘yinida yaxshi tomonga  sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi.

Zito Lumuvbo rqib darvozasiga hujum uyushtirishdan tashqari hujumdagi sheriklari bilan hamkorlikda o‘ynashni o‘rganishi ham talab etiladi.

L'UNIONE SARDA:

“Kalyari” hujum chizig‘ida Zito Luvumboga ideal sherik topishi talab qilinadi. Bu Eldor Shomurodov, Leonardo Pavoletti, Andrea Petanya yoki hali biror marta maydonga tushmagan Gaston Pereyro va Janluka Lapadula ham bo‘lishi mumkin.

Forvardlarning ko‘pligi Klaudio Raneriga ko‘proq strategiyalarni qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi. Luvumbo asosiy tarkibdagi joyi kafolatlangan yagona hujumchi.

“Frozinone” bilan bo‘ladigan bahsda Klaudio Raneri jismoniy holatini tiklab olgan Eldor Shomurodov yoki Andrea Petanyaga suyanishi mumkin. O‘zbek futbolchisi yaxshi ritmga tushib olganini va jamoadagi o‘rnini topishga tayyorligini ko‘rsatdi. Agar bo‘lajak o‘yinda Eldor ilk daqiqalardan o‘ynamagan taqdirda ham, albatta, zaxiradan maydonga tushiriladigan birinchi futbolchi bo‘ladi.

VS__3332-shomu-760x490

Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” va “Frozinone” ishtirokidagi uchrashuv 29 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston xalqaro musobaqa g‘olibligi uchun Afrika chempioni bilan to‘qnashadi

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Superkompyuter Fayzullaev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

Evropadan futbolchilarimiz chempionligiga munosabat bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Boltayev Dilmurod
29/10/2023 00:24
Shomurodov hech narsa qila olmaydi uzur lekin uni yozishni to'xtatinglat