Shomurodov terma jamoadagi oxirgi o‘yinlarini "yondirmoqda" (statistika)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Rimning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov bugun Kamerunga qarshi bahsda maydonga tushdi. U mazkur bellashuvda o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 

Shu orqali, futbolchimiz MTJdagi so‘nggi 3 o‘yinida 3 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylandi. Shuningdek, Eldor 2022 yilda terma jamoa safida 9 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatma qayd etdi.  

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz bugun Kamerunni 2:0 hisobida taslim etdi. Endi Katanets shogirdlari 27 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi saf tortadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
24/09/2022 13:50
Молодец золотой запас олга