
Shomurodovdan Sergeevgacha. Yoxud 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi (FOTO)
Avval xabar berganimizdek, yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi.
UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Hozirgina "Eng yaxshi futbolchi" bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qilindi. Quyida da’vogarlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
• Eldor Shomurodov (“Jenoa”/“Roma”)
• Husain Norchaev (“Nasaf”)
• Husniddin Aliqulov (“Nasaf”)
• Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Paxtakor”/ “Nijniy Novgorod”)
• Igor Sergeev (“Aktobe”/“Tobol”)
• Jaloliddin Masharipov (“Shabab Al-Ahli”/“Al-Nassr”)
• Jasur Yaxshiboev (“Legiya”/“Sherif”)
• Otabek Shukurov (“Sharja”)
• Oybek Bozorov (“Nasaf”)
• Sherzod Nasrullaev (“Nasaf”)
Fikrlar