Shomurodovdan uchta gol o‘tkazgan mashhur darvozabon mundialdan keyin futboldan ketadi

  • 13.06.2026 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Meksika milliy terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Gilyermo Ochoa 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini tasdiqladi.

Gilyermo Ochoa zamonaviy futbol afsonalari – Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning qatorida oltinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok etmoqda.  Ilgari hech bir futbolchi bu ko‘rsatkichga erisha olmagan.

Ochoa butun faoliyati davomida Meksika terma jamoasi safida 153 ta o‘yin o‘tkazgan, shulardan 63 tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan.

- Milliy jamoaga kelsak, bu 100 foiz aniq. Hozir to‘xtash uchun eng munosib vaqt, chunki mening nomim allaqachon Lionel Messi va Krishtianu Ronaldo kabi buyuk futbolchilar ro‘yxati bilan birga turibdi.

Klub futboliga kelsak, bu haqida o‘ylashim kerak. Buni hech kim bilmaydi, chunki bu televideniyada ko‘rsatilmaydi, ammo so‘nggi uch-to‘rt yil davomida ushbu jahon chempionatida ishtirok etish uchun ko‘p narsadan voz kechdim.

Italiyada, Portugaliyada va Kiprda butunlay yolg‘iz edim. Menga ham, Madridda qolgan oilamga ham qiyin bo‘ldi.

Futbolda shuncha yil o‘tkazganimdan keyin fikrlarimni joyiga qo‘yish uchun ikki-uch yil kerak bo‘ladi.

Futbol shunday. Qatardan keyin sportdan ketishga tayyorlana boshladim, shuning uchun bu men uchun kutilmagan holat bo‘lmaydi. Bu oson bo‘lmaydi, lekin men o‘zimni yaxshi bilaman va hech kim meni ishlashga majbur qila olmaydi. Menda bunday erkinlik bor, ammo baribir umr bo‘yi futbol o‘ynay olmasligim achinarli, - dedi Ochoa L'Équipe nashriga bergan intervyusida.

Gilyermo Ochoa Meksikaning “Amerika” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida legioner sifatida Fransiyaning “Ayachcho”, Ispaniyaning “Malaga” va “Granada”,  Belgiya ning “Standard”, Italiyanning “Salernitana”, Portugaliyaning ABC va Kiprning “AEL Limasol” jamoalarida o‘ynagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriyada faoliyat yuritgan davrda Italiya chempionati doirasidagi o‘yinlarda Gilyermo Ochoa darvozini uch marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!