Shomurodovdan voz kechishdi!

  • 22 may, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati klubga yangi sport direktori tayinladi. Bu lavozimni Floran Gisolfi egalladi. Frantsiyalik mutaxassis bosh murabbiy Daniele De Rossi bilan o‘zaro hamkorlikda kelasi mavsum uchun jangovar tarkibni shakllantirishi talab etiladi.

Italiyaning nufuzli nashri La Gazzetta dello Sport yangi sport direktori amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratdi.

Manbada keltirilishicha, Gisolfi murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan umumiy hisobda 15 nafar o‘yinchini boshqa klublarga o‘tkazish, ularning o‘rnini to‘ldirish va umumiy maoshlar fondini 15 foizgacha qisqartirish bo‘yicha ish olib borishi topshiriq sifatida belgilandi.

“Roma”ga hozirgi tarkibdan legionerlar – Rik Karsdorp, Zeki Chelik, Ussem Auar, Nikola Zalevski, Temmi Abraxam xizmatiga ehtiyoj yo‘qligi bildirildi. Yangi sport direktori ularni boshqa jamoalarga o‘tkazishi kerak.

Yakunlanayotgan mavsumni ijarada o‘tkazayotgan Andrea Belotti, Ola Solbakken, Marash Kumbula, Eldor Shomurodov va Ebrima Darbo ham yozda Rimga qaytishi kutilmoqda. Bu futbolchilarni ijaraga olgan klublarning birortasi ularni to‘liq transfer qilish bo‘yicha taklif bildirgani yo‘q.

Floran Gisolfi bu o‘yinchilar, xususan, Eldor Shomurodovga ham yangi jamoa topishi kerak.

Yana bir manba – tuttocagliari.net  saytining yozishicha, rimliklar “Kalyari” bilan Shomurodovni Sardiniyada qoldirish bo‘yicha muzokara o‘tkazishi mumkin.

Yangi sport direktoriyozda jamoaga taklif etiladigan bir necha nomzodlarni topib qo‘ydi. Xususan, frantsiyalik mutaxassis “Kalyari”da Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynayotgan urugvaylik legioner Naitan Nandezni olib kelishni ko‘zlamoqda. Tajribali futbolchi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.

Bundan tashqari, “Roma” kelasi mavsum oldidan o‘z tarkibiga “Lill”ning uch vakili – himoyachi Diakite, markaziy hujumchi Bansa va hujumkor futbolchi Edon Jagrovani  qo‘shib olmoqchi.

Shuningdek, ro‘yxatda Madridning “Atletiko” jamoasiga tegishli bo‘lgan va ijara asosida “Alaves”da o‘ynab, sakkizta gol bilan jamoa to‘purariga aylangan Samuel Omarodion nomi qayd etildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Roma” joriy mavsumda futbolchilarga 104,7 million evroni maosh sifatida to‘ladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rimliklar A Seriyada “Yuventus” va “Inter”dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda. Klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasini maosh miqdori qoniqtirmayapti. Jamoa ko‘zlangan natijalarga erisha olmayotgani uchun ular yangi sport direktoridan umumiy maoshlar miqdorini 15 foizgacha qisqartirishni talab qilyapti.

Fayzullaev bo‘lmaganida TsSKA rasvo bo‘lardi! Ekspertlar Abbosga yana qanday baho berdi?

Bunaqasi bo‘lmagan: Fayzullaev bir o‘yinda bir necha rekordda qatnashdi!

Fayzullaev Evropaning top-klubida o‘ynashi mumkin!

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!