Shomurodovdan yangilik kutamiz!

  • 25 mart, 2021, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yildagi Osiyo kubogi musobaqalariga chiqish uchun o‘tkazilayotgan qo‘shma saralash turniri o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yurtimizda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil qildi.

Tecno

Bu galgi mashg‘ulotlarga xorij klublarida to‘p tepayotgan futbolchilarimiz ham taklif etilgani ahamiyatlidir. Biz navbatdagi o‘yinlar oldidan mamlakatimiz bosh jamoasi safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar haqida ma’lumot beramiz.

Oldinga o‘tib aytish joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng zo‘r to‘purarlari ro‘yxatiga kiritilgan futbolchilar orasida faqatgina Eldor Shomurodov va Igor Sergeev 26 mart kuni Gana va 29 mart kuni Iroqqa qarshi o‘tkaziladigan o‘yinlarda o‘z statistikasini yaxshilab olish imkoniga ega. Ayniqsa, futbol muxlislari Eldor Shomurodovdan har bir uchrashuvda gol urib, to‘purarlik borasida yangilik qilishini kutmoqda.

  1. Maksim Shatskix

Ayni paytda Rossiya premer-ligasi vakili “Rotor”da katta murabbiy lavozimida ishlayotgan Maksim Shatskix mamlakatimiz bosh jamoasida gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U futbolchilik davrida Kievning “Dinamo”sida to‘purarlik rekordlarini urishdan tashqari, milliy jamoa safida ham raqib darvozabonlarini hammadan ko‘p ranjitgan.

Maksim Shatskix terma jamoa libosida 61 marotaba maydonga tushib, jami 34 ta gol muallifi bo‘lgan. Hali bu ko‘rsatkichni hech kim yangilay olgani yo‘q.

89624-1581691436

  1. Aleksandr Geynrix

O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘iston chempionatlarida gol urishni uddalagan Aleksandr Geynrix milliy termamizda 98 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, Shatskixning natijasiga juda yaqin kelgandi.. Lekin rekordni yangilagunicha faoliyati tugab qoldi.

file_1404029832_409717046

  1. Mirjalol Qosimov

Faoliyati davomida sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari chempionatlarida to‘p tepgan Mirjalol Qosimov yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, gol urishda hujumchilardan qolishmas edi. U o‘zi o‘ynagan chempionatlarda doim to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan. Terma jamoada ham Mirjalol Qosimov 66 ta o‘yinda raqiblar darvozabonlarini 30 marta xafa qilgan edi. Ayniqsa, uning jarima zarbalari darvozabonlarni dahshatga solardi.

234b39816f90270e658e36410a215cbe

    4. Server Jeparov

Mirjaloldan keyin pleymeykerlik vazifasini mahorat bilan uddalagan Server Jeparov terma jamoada eng ko‘p – 126 marta maydonga tushgan futbolchi sifatida tarixdan joy olgan. Bu o‘yinlarda yarim himoyachi 25 marotaba qaytarib bo‘lmas zarba ijro etgan.

1

  1. Eldor Shomurodov

Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida gol urgan o‘zbekistonlik yagona futbolchi – Eldor Shomurodovdan muxlislar ushbu reytingda Maksim Shatskixning rekordini urishini kutayotgani hech kimga sir emas.

Shomurodov “Jenoa”ga yangi o‘tgan paytda terma jamoa yig‘iniga kelib ketdi. O‘shanda oktyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Eron darvozasini ishg‘ol qilish orqali terma jamoamiz to‘purarlari ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.  Eldor shu kungacha 44 ta o‘yinda 21ta gol urdi. Oldindagi ikki o‘yin Shomurodovning gollari sonini oshirish uchun yaxshi imkoniyat.

c6ec24d2111eb8f28df8127d6255a

  1. Odil Ahmedov

Terma jamoamizning amaldagi sardori 105 ta uchrashuvda 20ta gol urgan. U hali faoliyatini yakunlagani yo‘q va albatta uning tajribasini inobatga olganda bosh jamoamiz uchun muhim gollarni ura olishiga ishonamiz. Hozircha, esa Odil Xitoy futbolidagi inqiroz va islohotlar tufayli futboldan chetda yuribdi.

12352331

  1. Igor Shkvirin

O‘z davrining eng zo‘r hujumchilaridan bo‘lgan Igor Shkvirin  sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Malayziya, Hindiston kabi mamlakatlarda to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan. U sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Malayziya, Hindiston va Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Terma jamoamiz safida 31 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.

562665_680

  1. Igor Sergeev

Igor Sergeev ham terma jamoadagi gollari sonini oshirish imkoniga ega. “Paxtakor”ning O‘zbekiston chempionatlaridagi eng zo‘r to‘purari bo‘lgan hujumchi yangi mavsumni Qozog‘iston chempionatida boshlab, “Aktobe” uchun gol urishga ham erishdi.

27 yoshli hujumchi hozirgacha terma jamoamiz uchun 53 ta bellashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta ishg‘ol qilgan.

IMG_8005

  1. Ja’far Irismetov

Irismetov o‘zi o‘ynagan klublarning aksariyatida gollarni qalashtirib tashlagan. Yurtimizdan tashqari, Gretsiya, Belarus, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy chempionatlarida to‘p tepgan. O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston chempioni bo‘lgan hujumchining terma jamoadagi ko‘rsatkichlari biroz kamtarroq. Ja’far bosh jamoamiz uchun 36 ta bellashuvda 15 ta gol urgan xolos.

1478528981706114087

  1. Ulug‘bek Baqoev

Baqoevning ham klublardagi faoliyati terma jamoadagidan muvaffaqiyatli chiqqan. Ulug‘bek milliy jamoada 52 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan. Shu o‘rinda, u muhim uchrashuvlarda kerakli gollarni ura olganini ham tan olish kerak.

17f5e22cff32a0c4_2011-01-21t181136z_01_ac619_rtridsp_3_soccer-asian

Terma jamoamiz to‘purarlari orasida Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov va Igor Sergeev faoliyatini davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!