Shomurodovni kutayotgan klub Muhammad Saloh transferi bo‘yicha bayonot berdi
Turkiyaning eng kuchli kluboaridan hisoblangan «Trabzonspor» yozgi transferlar oynasi oldidan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, turk manbalari bu klub «Istanbul Boshakshehir» to‘purari Eldor Shomurodovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotganini yozmoqda.
Ayrim manbalar «Trabzonspor» misrlik mashhur futbolchi Muhammad Salohni ham transfer qilishi haqida ma’lumotlar chiqardi. Klub prezidenti Ertugrul Do‘gan «Liverpul»dan ketgan Muhammad Salohning turk klubiga o‘tishi haqida tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi.
-Bu borada turli gap-so‘zlar yuribdi, lekin hech qanday kelishuv yo‘q. Trabzonga biz e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan biror reys rejalashtirilmagan. Agar shunday rejamiz bo‘lganida, bu haqida matbuot va muxlislarga albatta rasmiy ma’lum qilardik.
Salohni jamoasida ko‘rishni kim istamaydi? Lekin hozircha hech qanday kelishuv mavjud emas.
Saloh bilan muzokara olib borganmizmi-yo‘qmi, bu mavzuda gapirishni istamayman. Albatta, bunday darajadagi futbolchini muxlislar ham, men ham jamoada ko‘rishni xohlaymiz. Lekin hozirgi paytda hech qanday bitim yo‘q. Uning Trabzonga kelishi bo‘yicha ham aniq reja mavjud emas.
Klub prezidenti sifatida har bir so‘zimga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishim kerak. Bunday darajadagi futbolchilarni taklif qilish uchun to‘g‘ri yo‘l tutilgan model bo‘lishi shart. Hozir biz aynan shuni qilayapmiz. Yangi xabarlar paydo bo‘lishi bilan ularni darhol muxlislarimizga yetkazamiz, — deya ta’kidladi Do‘gan.
Uning so‘zlarini A Spor nashri keltiradi.
Shu bilan birga, «Trabzonspor» prezidenti klub nega avvalroq Aral Shimshirga qiziqishini rad etgani, keyin esa futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ham tushuntirdi.
- Men «Trabzonspor» manfaatlarini himoya qilishga majburman. Aral uchun 25–30 million yevro so‘rashdi. Biz chiqib, uni juda xohlayapmiz, qanday bo‘lsa ham olamiz, deb ayta olmasdik.
Bu — muzokara jarayonining bir qismi. O‘sha paytda klub manfaatlari aynan shunday pozitsiyani talab qilgan, — qo‘shimcha qildi Do‘gan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Saloh «Galatasaray» bilan muzokaralar samarasiz yakunlangach, «Trabzonspor»ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar