
Shomurodovning raqobatchisiga Angliya, Germaniya va Italiyadan qiziqishlar bor
Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubi hujumchisi Aleksandr Sobolev jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sobolevga Angliya, Germaniya, Italiya va Turkiya klublari tomonidan qiziqishlar bo‘lmoqda. Hujumchining shartnomasida uning transfer narxi 2 mln evro etib belgilangan.
Bundan tashqari, Rossiyaning o‘zida etakchi klublar, jumladan TsSKA, "Lokomotiv", "Dinamo" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar