Shomurodovning sobiq sherigi superhujumchiga aylandi
Shomurodov “Jenoa”da o‘ynagan davrda hujum chizig‘ida Janluka Skamakka bilan birga harakat qilgan edi.
Keyingi mavsumda Eldor “Roma”ga transfer qilingan bo‘lsa, Skamakka ijara muddatidan yakunlab, “Sassuolo”ga qaytgandi.
O‘tgan mavsum italiyalik hujumchi uchun omadli bo‘ldi. A Seriyada 36 marotaba maydonga tushgan Skamakka raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi. 23 yoshli futbolchining to‘purarlik qobiliyati grand jamoalar e’tiboridan chetda qolmadi.
Ko‘p gol uradigan hujumchi qidirayotgan “Arsenal” Skamakka uchun “Sassuolo”ga 41 million evro taklif qildi. Biroq, “kanonirlar” o‘z taklifiga rad javobini oldi.
Skamakka aslida “Latsio” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Janluka “Roma”, PSV, “Kremoneze”, “Zvolli”, “Askoli” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan. Uning “Sassuolo” jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar